Huawei 1
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov saylovda ovoz berdi

Surxondaryo viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga bo‘lib o‘tayotgan saylovlar davom etmoqda.

Vohada viloyat hududiy saylov komissiyasi, xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyalari, tuman va shahar saylov komissiyalari tuzildi. Fuqarolarning siyosiy partiyalar nomzodlariga ovoz berishi uchun 865 ta uchastka saylov komissiyasi shakllantirilib, Saylov kodeksi asosida barcha sharoit yaratildi.  

Termiz shahridagi 260-saylov uchastkasi muhtasham yoshlar markazi binosida joylashgan. Bu yerda Shodlik mahallasida yashaydigan 2 ming 880 saylovchi ovoz beradi.

Viloyat rahbari Ulug‘bek Qosimov ham birinchilar qatorida mazkur saylov uchastkasida eng munosib nomzodlar uchun ovoz berdi.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102714 | Инструменты