Huawei 1
Lamin Yamal – The Youngest sovrini sohibiga aylandi, Jud Bellinghem esa Golden Boy sovrindori

“Barselona” futbolchisi Lamin Yamal Tuttosport nashri tomonidan The Youngest sovriniga munosib ko‘rildi.

“Barselona” vingeri Golden Boy sovriniga daʼvogarlar uchligidan o‘rin olgan tarixdagi eng yosh o‘yinchi sifatida bu sovringa loyiq topilgan.

16 yoshli Lamin Golden Boy-2023 sovrini uchun nomzodlar orasida so‘rovnomada faqatgina Jud Bellinghemdan (“Real”) ortda qolib, 2-o‘rinni egalladi.

Yamal joriy mavsum La Ligada 13 o‘yinda bitta golga mualliflik qilgan.

Shuningdek, Jud Bellinghem Yevropaning 21 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. “Real” va Angliya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Tuttosport nashri tomonidan anʼanaviy tarzda topshiriladigan Golden Boy sovriniga ega chiqdi.

Bellinghemdan tashqari, Jamal Musiala (“Bavariya”), Xavi Simons («RB Leypsig»), Antoniu Silva (“Benfika”), Aleks Balde (“Barselona”), Florian Virts (“Bayer”), Benyamin Sheshko («RB Leypsig»), Jorjo Skalvini (“Atalanta”), Rasmus Hoylund («Manchester Yunayted»), Livay Koluill (“Chelsi”), Yoxan Bakayoko (PSV), Milosh Kerkez (“Bornmut”), Artyur Vermeren (“Antverpen”), Evan Fergyuson (“Brayton”), Lyuka Gurna-Duat («Red Bull Zalsburg»), Uorren Zair-Emeri (“PSJ”), Usman Diomande (“Sporting”), Arnau Martines (“Jirona”), Matis Tel (“Bavariya”), Andi Diuf (“Lans”) singari 21 yoshgacha bo‘lgan o‘yinchilar ham sovringa daʼvogarlik qilgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91822 | Инструменты