1-sinfga qabul 20-iyundan boshlanadi.
Reglamentga muvofiq, 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi:
1-bosqich: 20 iyundan 31 iyulgacha mikrohudud doirasida;
2-bosqich: 1 avgustdan 15 avgustgacha mikrohududdan tashqarida.
1-sinfga qabul jarayonlari ayrim tuman (shahar)larda elektron shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi.
Bunda ota-onalar 20 iyundan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishlari mumkin.
Davlat xizmatlari ko‘rsatilmaydigan hududlarda 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar vazirlik elektron tizimi (adm.maktab.uz)ga kiritiladi.
“Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, bolalar 7 yoshga to‘ladigan yilda maktabga qabul qilinadi. Bu yil 1-sinfga 2018 yilning 31 dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.
Agar sizda elektron qabul jarayonlari yuzasidan savollar bo‘lsa, vazirlikning 71-203-07-04, 71-203-04-03 raqamlari orqali javob olishingiz mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61306 | Инструменты