MAGATE bosh direktori: BMT kuzatuvchi emas, faol vositachi bo‘lishi kerak

MAGATE bosh direktori va BMT Bosh kotibi lavozimiga nomzod Rafael Grossi BMTning bugungi faoliyatiga tanqidiy baho berdi. Uning fikricha, dunyoda mojarolar soni ortib borayotgan bir paytda tashkilot ularni hal etish jarayonida yetarlicha faol ishtirok etmayapti.

- “Biz mojarolar tobora ko‘payib borayotgan dunyoda yashayapmiz. Bunday vaziyatda BMTning ularni hal qilishda ishtirok etmayotganini ko‘rish juda achinarli. Bunday bo‘lishi kerak emas”, — dedi Grossi.

Uning ta’kidlashicha, xalqaro tashkilotlar barcha muammolarni bir zumda hal qila olmasa-da, urushayotgan tomonlarni muzokara stoliga olib kelish va muloqotni yo‘lga qo‘yishda muhim rol o‘ynashi mumkin.

Grossi agar BMT Bosh kotibi etib saylansa, tashkilotning mojarolarni bartaraf etishdagi ishtirokini kuchaytirish, diplomatik sa’y-harakatlarni faollashtirish va tomonlar o‘rtasida muloqotni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratishini bildirdi.

Amaldagi BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning vakolat muddati 2026-yil 31-dekabrda yakunlanadi. Yangi rahbarni saylash jarayoni esa iyul oyining oxirida boshlanishi rejalashtirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60819 | Инструменты