Angliya Liga Kubogi yarimfinalida “Tottenhem” o‘z maydonida “Liverpul”ni mag‘lub etdi: zafar golini so‘nggi daqiqalarda Bergvall kiritdi.
Mersisaydliklar bungacha 24 o‘yinda mag‘lubiyat nimaligini bilishmagan. Slot jamoasini bu mavsumda faqat «Nottinghem Forest» tiz cho‘kdira olgan — sentyabrdagi o‘sha o‘yinda ham yagona gol (0:1) uchrashuv taqdirini hal etgan.
Endi “Liverpul” 6 fevral kuni “Enfild”dagi javob o‘yinida “Tottenhem”dan alamini olishga urinib ko‘radi.
Maʼlumot uchun: Liga Kubogi yarimfinalining birinchi uchrashuvida “Arsenal” o‘z maydonida “Nyukasl”ga yutqazib qo‘ygandi (0:2). Ularning javob o‘yini 5 fevralga belgilangan.
Angliya Liga Kubogi. Yarimfinal
Birinchi o‘yin
Tottenhem — Liverpul 1:0
Gol: Bergvall (85).
Tottenhem: Kinski, Spens, Dregushin, Porro, Grey, Bergvall, Bentankur (Jonson, 15), Bissuma, Kulusevski, Son (Verner, 72), Solanke.
Liverpul: Alisson, Simikas, van Deyk, Kuansa (Endo, 30), Bredli (Aleksander-Arnold, 60), Mak Allister (Konate, 80), Gravenberh, Jons, Gakpo (Dias, 60), Saloh, Jota (Nunes, 60).
Ogohlantirishlar: Bissuma (32), Bergvall (68).
Alpha version: 0.9.1.19 build 10922 | Инструменты