Urugvaylik futbol yulduzi Luis Suares bir insonning hayotini saqlab qoldi, deb xabar berdi 5 yanvar kuni Telenoche nashri.
Xabarga ko‘ra, voqea Urugvayning Syudad-de-la-Kosta shahrida yuz bergan. 49 yoshli erkak bo‘yniga arqon solib, daraxtdan sakrab o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan.
Aytilishicha, Suares voqea joyiga yetib kelib, uni daraxtdan tushishga ko‘ndirishga uringan. 18 soat daraxtda o‘tirgan erkak nihoyat pastga tushgan. U ruhshunos tekshiruvidan o‘tkaziladi.
Luis Suares hozirda Amerikaning bosh ligasi (MLS)da ishtirok etayotgan «Inter Mayami»da to‘p surmoqda. Urugvay terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi, “Barselona” bilan Ispaniya chempionatini to‘rt marta yutgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10803 | Инструменты