Bugungi kunda 30 ming kilometrga yaqin tarmoq hamda 10 200 ta transformator mukammal taʼmirlandi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ boshqarma boshlig‘i Saodat Ibragimova maʼlum qildi.
Hududlarda 6 470 dan ortiq xodimdan iborat 1 400 ta tunu-kun faoliyat yuritadigan avariyaviy brigadalari navbatchiligi tashkil etildi hamda ularga 1 334 ta maxsus avto va texnikalar biriktirildi.
Bundan tashqari, 35-110 kilovolt kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarining quvvatni oshirish maqsadida Xitoy xalq Respublikasi tomonidan ishlab chiqilgan jami 69 dona kuch transformatorlari olib kelindi hamda o‘rnatildi.
Olib borilgan ishlar natijasida, hududlardagi 200 ta podstansiyalarda 272 ta mavjud kuch transformatorlarini quvvat oshirilishi hisobiga ushbu podstansiyalarda yuklama meʼyorlashtiriladi va buning natijasida qo‘shimcha 2 662 MV. Amper quvvat yaratilishiga erishildi.
Joylarda 1 161 ta transformator, 572 tonna transformator moyi, 10 900 dona temir-beton tayanch ustunlar, 127 tonna sim, 860 kilometr kabel va boshqa materiallar zahiralari yaratilgan.
Shuningdek, taqsimlovchi tarmoqlarni yangilash va modernizatsiya qilish dasturlar doirasida 6 880 kilometr elektr tarmoqlari va 2 730 ta transformatorlar yangilandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10818 | Инструменты