Huawei 1
“Manchester Siti” yetakchi, rekordchi “Barselona” 2-o’rinda: JCH-2022 uchun eng ko‘p pul oladigan klublar reytingi e’lon qilindi

FIFA Jahon Chempionatida qatnashadigan klublar uchun imtiyoz tariqasida 209 million dollar ajratiladigan bo‘ldi. Bu haqda “The Times” nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra, har bir klub turnirda ishtirok etayotgan futbolchilarining soniga va ularning muvaffaqiyatiga qarab pul oladi. Taqsimotda barcha o‘yinchilar maydonga tushgan yo tushmaganidan qat’i nazar hisobga olinadi. Biroq futbolchi klubda ikki yildan kam vaqt o‘tkazgan bo‘lsa, to‘lovning bir qismi avvalgi klubiga to‘lab beriladi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, eng katta to‘lovni “Manchester Siti” olishi oydinlashdi. “Shaharliklar”ga JCh-2022 da ishtirok etgan 16 futbolchisi uchun 5,6 million dollar to‘lanadi.

2-o‘rindan joy olgan “Barselona” esa 4,1 million dollar oladi — 2022-yilgi mundialda klubning 17 nafar futbolchisi ishtirok etdi, ularning 8 nafari nimchorak finalda musobaqani tark etgan Ispaniya terma jamoasi sharafini himoya qilgandi. Mazkur 17 futbolchidan tashqari jamoani tark etgan yana yetti nafar o‘yinchi ham jamoaga daromad keltirgan (Messi — 120 ming, Grizmann — 150 ming dollar).

Mundialda 13 futbolchisi qatnashgan MYU esa 3,62 million dollarga ega bo‘ladi. “Chelsi” 12 o‘yinchisi uchun 3,05 million, “Tottenhem” 11 futbolchi uchun 2,88 million, “Arsenal” — 2,61 million (10 futbolchi), “Liverpul” — 1,92 million dollar (7 futbolchi) oladigan bo‘ldi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102712 | Инструменты