Huawei 1
"Manchester Siti"ga yirik diskvalifikatsiya xavf solmoqda

Angliyaning "Manchester Siti" 115 ta moliyaviy feyr-pley (FFP) qoidabuzarliklari bo‘yicha Angliya Premer-ligasidan (APL) chetlatilsa, qolgan ichki musobaqalardan ham chetlatilishi mumkin. Bu haqda Telegraph gazetasi xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Premer-ligadan tushib ketish jamoaning Angliya kubogi va Angliya liga kubogida ishtirok etishdan diskvalifikatsiya qilinishiga olib kelishi mumkin, chunki bu reglamentda ko‘zda tutilgan.

Manchester klubi tomonidan 2009/2010 yilgi mavsumdan 2017/2018 yilgi mavsumgacha bo‘lgan davrda moliyaviy qoidalarni buzganlik ishi bo‘yicha sud majlislari sentyabr oyi boshida boshlangan edi. Ular kamida olti oy davom etishi kutilmoqda; yakuniy hukm 2025-yilning bahoridan oldin ma’lum bo‘ladi.

APLning joriy mavsumida "Manchester Siti" 4 turda 12 ochko jamg‘argan va turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda. 

"Arsenal" va "Nyukasl" mos ravishda «Siti»dan ikki ochkoga ortda qolib, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda bormoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92012 | Инструменты