Huawei 1
Qashqadaryoda tadbirkorlarga asossiz hisoblangan qarzdorliklar Raqobat qo‘mitasi ko‘rsatmasi bilan bekor qilindi

Raqobat qo‘mitasining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasiga ustun mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlardan qonunbuzarlik holatlari to‘g‘risida 20 dan ortiq tadbirkorlik subyektlaridan murojaatlar kelib tushgan.

Xabarga ko‘ra, ushbu murojaatlar Qo‘mita tomonidan o‘z vaqtida o‘rganilib, tadbirkorlarning huquqlari tiklangan va qonuniy manfaatlari himoya qilingan.

Jumladan, quyidagi asossiz hisoblangan qarzdorliklar qayta hisob-kitob qilinishi taʼminlangan:

— Kasbi tumanidagi «MAXMATOV JASUR RAMAZONOVICH» MCHJ tomonidan yo‘llangan murojaatni o‘rganish jarayonida Kasbi tuman elektr taʼminoti korxonasi tomonidan elektr energiyasidan 51 mln so‘mlik qarzdorlik;

— Kasbi tumanida faoliyat olib borayotgan yakka tartibdagi tadbirkor A.Choriyevning tugatilgan tadbirkorlik subyektiga Kasbi tumani elektr taʼminoti korxonasi tomonidan elektr energiyasidan 986 ming so‘mlik qarzdorlik;

— Qarshi shahar «KOMFORT UNIVERSAL BARAKA SAVDO» XK murojaatini o‘rganish jarayonida Qarshi shahar elektr taʼminoti korxonasi tomonidan elektr energiyasidan 19,5 mln so‘mlik qarzdorlik.

Shu bilan birga, yuqoridagi subyektlarga qonunbuzarlik holatlarini bartaraf etish va kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.

Maʼlumot o‘rnida: O‘zbekiston Respublikasining «Raqobat to‘g‘risida»gi qonunining 18-moddasiga asosan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun ortiqcha haq olish taqiqlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92013 | Инструменты