Marokash qirollik futbol federatsiyasi FIFAga norozilik bo‘yicha shikoyat xati yo‘lladi
Marokash terma jamoasi Mundial yarim finalida Fransiyaga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Marokashliklar uchrashuv hakami ustidan FIFAga shikoyat qildi. O‘yinni Sesar Artuto Ramos boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib borgandi.
Marokash qirollik futbol federatsiyasi (FRMF) meksikalik hakamning uchrashuvdagi harakatlaridan norozi bo‘lgan va shikoyat yuborgan. Federatsiya uchrashuvda ikkita penalti berilmagan deb hisoblamoqda. Dastlab Teo Ernandes va Sofyan Bufal to‘qnashuvida va keyin Ashraf Darining raqib bilan to‘qnashuvi oqibatida jarima maydoni ichida yiqilib tushgani e’tiborga olinmaganidan norozi.
“Marokash qirollik futbol federatsiyasi Fransiyaga qarshi bahs hakamligiga keskin norozilik bildiradi. Shu sababdan FRMF tashkilotga ikkita bahsli penalti berilmagani haqida xat yubordi. FRMF VAR ham bu vaziyatga e’tibor qaratmaganidan hayratda.
Shuningdek, Marokash futbol federatsiyasi Qatardagi Jahon Chempionati yarim finalidagi hakamlik ishlaridan noroziligini, terma jamoaning huquqlarini himoya qilish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirishini eslatib o‘tadi”, — deyiladi bayonotda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122314 | Инструменты