Natijada kuniga qariyb 130 mingta avtotransport vositasining uzluksiz harakatlanishi ta’minlanib, 150 ming nafar aholi uchun xavfsiz va qulay transport infratuzilmasi yaratildi
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida harakatni yana-da yaxshilash, tirbandliklarni bartaraf etish etish maqsadida 4R2 va 4R21 avtomobil yo‘llari kesishmasida 280,8 mlrd so‘mlik yangi transport infratuzilmasi foydalanishga topshirildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma'lum qildi.
4R2 yo‘li Toshkent shahrining Bektemir tumani (Qo‘yliq va Food City majmuasi hududidan boshlanib), Toshkent viloyatining ma'muriy markazi bo‘lgan Nurafshon (To‘ytepa) shahriga olib boradi va u yerdan Ohangaron tomon ketuvchi xalqaro A373 yo‘liga tutashadi.

4R21 avtomobil yo‘li Toshkent shahrining chekka qismlari hamda viloyatning poytaxtga tutash hududlarini (ayniqsa, Yangihayot tumani, Sergeli-8 massivi va Bektemir hududlarini) aylanib o‘tuvchi halqa yo‘lidir. Uzunligi taxminan 22 kmni tashkil qiladi. Bu ikki yo‘l Toshkent shahrining Bektemir tumanida bir-biri bilan kesishadi.
Loyiha doirasida 66 metr uzunlikdagi va 46 metr kenglikdagi yo‘l o‘tkazgich, 450 metr uzunlikdagi yer osti avtomobil yo‘li, 950 metr uzunlikdagi aylana halqa yo‘li, 2 ta ortga qayrilib olish joyi, 4 ta yer osti piyodalar o‘tish yo‘lagi qurildi.
Natijada kuniga qariyb 130 mingta avtotransport vositasining uzluksiz harakatlanishi ta’minlanib, 150 ming nafar aholi uchun xavfsiz va qulay transport infratuzilmasi yaratildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 101318 | Инструменты