Prezident OHIChK sammitida ishtirok etadi


Davlat rahbari Boku shahrida boʻlib oʻtadigan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengashning 7-sammitida ishtirok etadi.

Ozarbayjon raisligida oʻtkaziladigan forum kun tartibidan Osiyo qitʼasida ishonch, tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash hamda Kengashning institutsional rivojlanishini yanada takomillashtirishga oid dolzarb masalalar oʻrin olgan.

Transport bogʻliqligini rivojlantirish, raqamlashtirish, barqaror iqtisodiy oʻsish va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari koʻrib chiqiladi.

Tadbir yakunlari boʻyicha Boku deklaratsiyasi hamda Tashkilotning roli va samaradorligini oshirishga qaratilgan qarorlar toʻplamini qabul qilish rejalashtirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101423 | Инструменты