"UzAuto Motors jamoatchilik vakillaridan xalqqa tasdiqlanmagan axborotni va yolg’on xabar tarqatmaslikni soʻraydi",-deyiladi xabarda
Ijtimoiy tarmoqlarda "Damas, Onix, Cobalt va Tracker’larni boshlang‘ich to‘lovsiz olish imkoniyati paydo bo‘lishi kutilmoqda" sarlavhasi bilan videolar keng tarqaldi.
Unda ushbu avtomobillarni foizsiz bo‘lib to‘lash sharti asosida sotish rejalashtirilayotgani aytilgan. Holat yuzasidan UzAuto Motors rasmiy munosabat bildirdi.
Kompaniyaning yozishicha, ijtimoiy tarmoqlarda goʻyoki Chevrolet Cobalt avtomobillari boshlang‘ich to‘lovsiz, bo‘lib to‘lash (rassrochka) sharti asosida sotuvga chiqarilayotgani haqidagi xabarlar haqiqatga togʻri kelmaydi.
"UzAuto Motors jamoatchilik vakillaridan xalqqa tasdiqlanmagan axborotni va yolg’on xabar tarqatmaslikni soʻraydi",-deyiladi xabarda.
Eslatish joiz, UzAuto Motors 7-oktabrdan bank ishtirokisiz bo‘lib to‘lashga Cobalt va Damas sotishni boshlagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 101420 | Инструменты