Mbappe: “Real”da o'ynash orzusi o'tmishda qolgani yo'q”

Fransiyaning PSJ klubi hujumchisi Kilian Mbappe jamoasi bilan yangi shartnoma imzolaganiga qaramay, “Real” orzusidan voz kechmaganini ma'lum qildi.

“Oʻtgan hafta Parijda qolishga qaror qildim. Bu haqda birinchi boʻlib “Real” prezidenti Florentino Peresga xabar berdim, chunki men uni va klubni juda hurmat qilaman. Oʻylaymanki, buni shaxsan yetkazish va “Men “Real”ga oʻtmayman” deyishim juda muhim edi. Hammasi ajoyib yakun topdi.

“Real”da oʻynash orzusi hech qachon oʻtmishda qolmaydi. Lekin hozir PSJ bilan yana 3 yillik shartnoma imzoladim. Kelajakda nima boʻlishini hech kim bilmaydi”, — deydi PSJ forvardi.

Ma'lumot uchun, Mbappe Parij klubi bilan 2025-yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты