Mbappening PSJda qolishi to'g'ri bo'lganmi? Zlatan bunga javob berdi
Italiyaning “Milan” klubi hujumchisi Zlatan Ibrahimovich Kilian Mbappening PSJda qolish-qolmasligiga munosabat bildirdi.
“U uchun to‘g‘ri qaror bo‘ldimi? Yo‘q. Parij uchun-chi? Ha. Parij uchun emas, PSJ uchun. U PSJ uchun to‘g‘ri, lekin o‘zi uchun xato qaror qabul qildi. Chunki Mbappe o‘zini shunday holatga soldiki, natijada klubdan-da muhimroq bo‘lib qoldi. PSJ esa buning uchun kalitlarni berdi. Lekin sen klubdan muhimroq bo‘lishing kerak emas.
Bunday yigit katta bo‘lsa, osonlikcha pul topishi mumkin. Shu tariqa ota-onasi uning advokati, agenti va murabbiyi bo‘ladi. Turmush darajang o‘zgaradi. Va bu muammo. Bu vaqtda sen intizomingni, o‘zligingni yo‘qotasan. Yangi avlod o‘yinchilarining ota-onalari o‘zlarini yulduz deb hisoblay boshlagan. Ular OAVda chiqish qiladi. O‘zingdan kimni yasab olgansan? Jim bo‘l va joyingni bil. O‘g‘ling mehnat qilishi va intizomli bo‘lishi lozim”, — deydi Zlatan.
Eslatib o‘tamiz, Kilian Mbappega “Real” jiddiy qiziqish bildirgandi. Biroq fransuz PSJ bilan 2025-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Mavzuga doir:
Mbappe Chempionlar Ligasida Messi o'rnatgan rekordni yangiladi
Mbappe va PSJ o‘rtasidagi shartnoma futbol tarixidagi eng qimmat bitim deya tan olindi
PSJ bosh murabbiyi Mbappe mojarosiga aralashib qoldi. U buning uchun iste’foga chiqarilishi mumkin
Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты