Hozir AQShda, «Inter Mayami»da to‘p surayotgan futbol afsonasi Lionel Messi «Barselona»ga qaytadi, dedi argentinalik jurnalist Aleks Kandal.
Aynan u Messining «PSJ»dan «Inter Mayami»ga o‘tishi haqida birinchi bo‘lib xabar bergandi.
Jurnalistning aytishicha, Messi to yangilangan «Kamp Nou» stadionida o‘ynamagunicha faoliyatiga yakun yasamaydi. Argentinalik forvard MLS 2025-yil mavsumi tugagach kataloniyaliklar safiga ijara asosida qaytishi taxmin qilinyapti.
Lionel Messi — «Barselona» tarbiyalanuvchisi. Jamoada 2003–2021-yillarda porlagan, 835 o‘yin o‘tkazib, 709 ta gol urgan. U «Barselona» safida Chempionlar ligasida to‘rt marta g‘alaba qozongan. Ko‘p marotaba Ispaniya chempionligi va kubogini qo‘lga kiritgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22522 | Инструменты