AQSHdan Kosta Rikaga deportatsiya qilinishi rejalashtirilgan O‘zbekiston fuqarolari Toshkentga qaytarildi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonov ma’lum qildi.
Uning bildirishicha, AQSH tomoni bilan olib borilgan muzokaralar natijasida Kosta Rikaga yuborilishi rejalashtirilgan, lekin O‘zbekistonga qaytish niyatida bo‘lgan 7 nafar o‘zbekistonlik 24 fevral kuni Nyu-York–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistonga yetib kelgan. Boshqa tafsilotlarga to‘xtalinmadi.
Ma’lumot uchun, 20 yanvar kuni AQSH Prezdenti Donald Tramp inauguratsiya nutqida Amerika hududiga noqonuniy kirishni to‘xtatishga va millionlab muhojirlarni ekstraditsiya qilishga va’da bergan. Shuningdek, janubiy chegaradagi vaziyat tufayli umummilliy favqulodda holat joriy qilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22522 | Инструменты