Huawei 1
NASA: 2032 yilda asteroid Oy bilan to‘qnashishi mumkin

Astronomlar tomonidan o‘tgan yil dekabr oyida kashf etilgan 2024YR4 asteroidi 2032-yil 22-dekabrda Oy bilan to‘qnashishi mumkin.

NASA ma’lumotlariga ko‘ra, bunday hodisaning ehtimoli 1,7 foizni tashkil qiladi, asteroidning Yerga tushish xavfi esa deyarli nolga teng. 2024-yil yanvar oyida bu asteroidning Yer bilan to‘qnashishi ehtimoli 1 foizdan yuqori edi. 19-fevral kuni esa NASA 3,1 foiz haqida xabar bergandi.

Biroq yangi hisob-kitoblar prognozida foiz sezilarli o‘zgardi. Endi Yer bilan to‘qnashuv ehtimoli atigi 0,004 foizni tashkil etmoqda.

NASA asteroid parametrlarini aniqlashtirish uchun uni “Jeyms Ueb” teleskopi yordamida kuzatishni rejalashtirmoqda. Ayni paytda uning diametri 40-90 metr deb baholangan, bu 2013-yilda Uralga qulagan Chelyabinsk meteoritidan taxminan 3-4 baravar katta.

2024 YR4 asteroidi 2024-yil 27-dekabrda Chilidagi ATLAS observatoriyasi tomonidan kashf etilgan. Yanvar oyi oxirida astronom, Qadar observatoriyasi va “Astrovert” astrofermasining ilmiy rahbari Stas Korotkiy uning Yer bilan to‘qnashish ehtimoli 0,5 foizdan 6 foizgacha bo‘lishini taxmin qilgan edi. Biroq NASAning so‘nggi ma’lumotlari bu ssenariyni deyarli istisno qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22522 | Инструменты