Huawei 1
Messi eng yaxshi sportchilar reytingida yetakchi bo‘la olmadi

XXI asrning eng yaxshi sportchilari reytingida amerikalik suzuvchi Maykl Felps peshqadam bo‘ldi. Bu haqda ESPN xabar berdi.

Argentinalik futbol yulduzi Lionel Messi reytingda 3-o‘rinni egalladi. Krishtianu Ronaldu esa top-10'ga ham kira olmadi. 39 yoshli hujumchi 13-o‘rinda qayd etildi.

Eng yaxshi sportchilar reytingining kuchli beshligiga tennischi Serena Uilyams, basketbol ustasi Lebron Jeyms va Amerika futboli vakili Tom Bredi kirdi.

E’tiborlisi, eng yaxshi sportchilar top-25'ligiga futbolchilardan faqatgina Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu kiritildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90805 | Инструменты