Huawei 1
Messi rekordlar haqida: “Bularning barchasi yaxshi, lekin menga boshqa narsa muhimroq”

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi rekordlardan ko'ra unga nima ko'proq muhimroq ekani haqida gapirdi.

“Bularning barchasi yaxshi, lekin menga boshqa narsa ko'proq muhim. Albatta, bu jamoamning muvaffaqiyati. Bizda faqat bir qadam qoldi. Qattiq kurashdik va endi bu safar muvaffaqiyatga erishish uchun bor kuchimizni beramiz”, — deydi Argentina terma jamoasi sardori.

Ma’lumot uchun, Qatarda davom etayotgan Mundial yarim finalida Xorvatiya darvozasiga penaltidan urilgan gol (3:0) Messi uchun Jahon chempionatlaridagi 11-gol boʻldi. Hujumchi JCHda gol urish boʻyicha argentinaliklar orasidagi rekordni yangiladi — Gabriel Batistuta hisobida 10 ta gol bor.

Eslatib o'tamiz, Argentina va Fransiya oʻrtasidagi Mundial finali 18-dekabr, yakshanba kuni boʻlib oʻtadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:00 da boshlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102712 | Инструменты