Huawei 2
“Metallurg-W” ayollar jamoasi O'zbekiston Kubogi sohibiga aylandi

Bugun, 18 noyabr kuni  ayollar o'rtasida XVI O'zbekiston Kubogi final bellashuvi bo'lib o'tdi. Unda “Metallurg-W” futbolchilari “Bunyodkor-W” jamoasiga qarshi bahs olib bordi.

Mazkur bellashuvda Bekobod shahri vakilalari 3:1 hisobidagi irodali g'alabaga erishib, O'zbekiston Kubogi sohibiga aylanishdi.  

“Metallurg-W” o'z tarixida uchinchi bor mamlakat Kubogi egasiga aylandi. Bundan avval bekobodliklar 2014 va 2015 yillarda O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritishgan edi.

Ayollar o'rtasida O'zbekiston Kubogini eng ko'p – 9 marta “Sevinch” jamoasi qo'lga kiritgan. Yana 4 bora “Andijanka” vakilalari mamlakt Kubogi sohibi bo'lishgan.


XVI O'zbekiston Kubogi

18 noyabr, shanba

Toshkent, “JAR” stadioni

“Bunyodkor-W” (Toshkent) – “Metallurg-W” (Bekobod) 1:3

Gollar: Nargiza Abdurasulova (6) – Mahliyo Sarikova (12, 74), Diyora Habibullayeva (84)

Ogohlantirishlar: Saida Galimova (25) – Mahliyo Sarikova (35), Iroda Turdaliyeva (71)

“Bunyodkor-W”: Olga Kaxarova, Nargiza Abdurasulova, Mariya Moiseyeva (Darina Fedosenko, 69), Saida Galimova, Yekaterina Selnikova, Lidiya Sema, Umida Zoirova, E'zoza Sharipova (Tojiniso Rashidova, 85), Dilnoza Bektemirova, Soliha Husniddinova, Luiza Sadirova.

“Metallurg-W”: Gulandon Boymatova, Zumradjon Nazarova, Nasiba Xojiyeva, Irodaxon Turdaliyeva (Yulduz Nabiyeva, 62), Maxfuza Turopova (Ziyoda Irisboyeva, 90), Mahliyo Sarikova, Feruza Turdibayeva (Jamolova Nigina, 90), Xolida Dadaboyeva, Mavluda Munavvarova, Diyora Habibullayeva (Lutfiniso Hamidova, 88), Lyudmila Karachik (Diyora Erkinova, 90).

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga