Janubiy Koreya va Slovakiya davlatlariga ishga yuborishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

Namangan shahridagi xususiy bandlik agentligining norasmiy ishchisi To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi 4 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, tanishlari orqali ularni Janubiy Koreya davlatiga ishlash uchun yuborish evaziga 2000 AQSH dollari talab qiladi.

Ammo, u oldindan 1000 AQSH dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Boshqa holatda esa Namangan shahrida faoliyat yurituvchi turistik firma rahbari ham mansabdor tanishlari orqali o‘z hamshaharini Slovakiya davlatiga ishga yuborish evaziga 40 mln so‘m talab qilib, oldindan viza chiqartirib berish uchun 600 AQSH dollari va 2,8 mln so‘m olgan vaqtida ushlandi.

Taʼkidlash lozimki, mazkur shaxs muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan bo‘lsada, o‘z xatosidan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan.

Hozirda har ikki holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 1-qismi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102715 | Инструменты