Ekologiya vazirligi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi masʼullari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishda Yakkasaroy tumani Nukus va Bobur ko‘chalari kesishmasidan boshlab avtomobil yo‘li yoqasida joylashgan jami 174 tup daraxt va buta kesilgani aniqlandi.
Holat yuzasidan tegishli bayonnomalar rasmiylashtirildi va zarar 1,46 milliard so‘m etib baholandi.
Toshkent shahar hokimligi vaziyatni shaxsan nazoratga oldi, aybdor mutasaddi shaxslarga nisbatan qonunchilikka muvofiq qatʼiy choralar ko‘rilishi maʼlum qilindi.
Shuningdek, kelgusida bunday holatlar takrorlanmasligi uchun Ekologiya vazirligi bilan hamkorlikda ish olib boriladi. Barcha hujjatlar qonunchilikda belgilangan tartibda prokuratura organlariga yuborildi.
Hokimlik kesilgan daraxtlarning o‘rniga barqarorlikni taʼminlash maqsadida 62,1 ming dona buta va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilishini rejalashtirgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 102720 | Инструменты