U terma jamoasi tarixida gol urgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi
Italiyaning “Milan” klubi hujumchisi Olivye Jiru Fransiya terma jamoasi safida yana bir rekord o'rnatdi.
Futbolchi fransuz terma jamoasi tarixidagi eng yoshi katta gol muallifiga aylandi. 35 yoshli futbolchi Millatlar Ligasi doirasida Avstriya bilan oʻyinda gol urdi — 2:0.
U Fransiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Roje Marshning 1959-yildagi yutugʻidan oʻzib ketdi – 35 yosh-u 357 kunga qarshi 35 yosh-u 287 kun.
Avvalroq, PSJ hujumchisi Kilian Mbappening Fransiya terma jamoasi hamda Parij klubini solishtirgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11212 | Инструменты