A Seriyada bu mavsum mag'lub bo'lmagan faqat 2 jamoa qoldi
Italiyaning “Milan” klubi A Seriya 7-turidan o'rin olgan “Napoli”ga qarshi bahsda mag'lubiyatga uchradi (1:2).
Bu Stefano Pioli shogirdlari uchun chempionatdagi yanvar oyidan beri uchralgan ilk mag‘lubiyat bo‘ldi. Bunga qadar jamoa ketma-ket 22 ta o‘yinda yutqazmagan edi — 15 g‘alaba, 7 durang.
Keyingi turda “rossonerilar” “Empoli”ga qarshi bahs olib boradi. O‘yin FIFA kunlaridan so'ng, 1-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Ma'lumot uchun, A Seriya 7-turiga kelib faqat “Napoli” va “Atalanta” joriy mavsum yutqazmay kelmoqda. Bu ikki jamoa dastlabki o‘rinlarni egallab turgan bo‘lsa, “Udineze” kuchli uchlikka kirgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51712 | Инструменты