Huawei 1
Namanganda qabriston yonib ketdi

16 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatidagi “Mavlono” qabristoni yoqib yuborilgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur xabarlar yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, Yangi Namangan tumani FVBga soat 14:56 da “Istiqbol” MFY Ko‘zgu ko‘chasidagi “Mavlono” qabristonidagi qurigan o‘tlar yonayotgani haqida xabar tushgan. Xabarga asosan yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 15:09 da yetib borib, yong‘in soat 15:29 da bartaraf etilgan. 

Bildirilishicha, oqibatda qabriston hududining 50 kvadrat metr joyi yonib, zararlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60810 | Инструменты