MYU afsonasi: “Manchester Yunayted kamida 2 yil sovrin yutish haqida o'ylay olmaydi”

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi sobiq himoyachisi Rio Ferdinand jamoa yaqin yillarda sovrin yutmasligi haqida fikr bildirdi.

“Jamoada muammo shundaki, Rangnik keldi, lekin mavsum oxirida boshqa murabbiy keladi va futbolchilar uning oʻyin uslubiga moslashishi kerak boʻladi. Yana bir o'zgarish tufayli futbolchilar yangi oʻyin uslubini oʻzlashtirishi lozim bo'ladi.

Menimcha, “Manchester Yunayted” kamida keyingi 2 yil davomida sovrin yutish haqida unutishi mumkin: “Qayta qurishni boshlayapmiz, toʻgʻri oʻyinchilarni va yangi murabbiyni o'zimiz tanlaymiz. Maʼlum bir uslub mavjud, unga koʻnikish vaqt talab etadi, xatolar boʻladi, lekin biz bu murabbiyga ishonamiz va unga kamida 2 yil vaqt beramiz.

Ha, bu juda koʻp vaqtni oladi, bir vaqtning oʻzida qayta qurish va gʻalaba qozonish mumkin emas. “Liverpul” ham uzoq vaqt muvaffaqiyatga erisha olmadi – nimadir yutib olishiga qancha vaqt kerak boʻldi? Boshqa jamoalardan oʻrnak olishimiz kerak”, — deydi Ferdinand.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты