OFK tartib-intizom qo'mitasi ikki kun ichida O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi va "Nasaf"ga qarshi 3 ta qaror qabul qilib, O'FAni 5000 dollar va Qarshi klubini 50375 dollar jarimaga tortdi, deb yozadi Alisher Nikimbaev.
Suriyaga qarshi Osiyo Kubogi 1-tur o'yiniga muxlislar tur agentliklar reklamasi tushirilgan futbolkalarda kelgani uchun O'FA jazolandi.
"Nasaf" esa CHempionlar Ligasida "As Sadd"ga qarshi o'yinda muxlislar tosh bilan hakam yordamchisiga zarba bergani, "Sharja"ga qarshi raqib futbolchilarining ko'ziga lazer nuri tushirgani uchun jazolandi.
Bungacha noyabr oyida Afg'onistonga qarshi U-23 Osiyo Kubogi saralash o'yinida uch muxlis maydonga tushib ketgani uchun O'FAga 15 000 dollar jarimaga solingandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42104 | Инструменты