Neymar yana Messi bilan bir jamoada o'ynash niyatida ekanini bildirdi
Braziliya terma jamoasi hamda "PSJ" hujumchisi Neymar "Barselona"ga qaytmoqchi.
Neymarning sobiq agenti Andr Kyurining intervyudagi so'zlariga ko'ra, futbolchi argentinalik hujumchi Lionel Messi bilan bir jamoada o'ynashni xohlaydi, ammo "PSJ"da emas, yana o'sha" Barselona"da.
Xabar qilinishicha, Neymar PSJ bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni to'xtatgan va u 2013 yildan 2017 yilgacha o'ynagan sobiq jamoasi "Kamp Nou" ga qaytish istagi to'g'risida "Barselona" rahbariyatiga xabar bergan.
Neymarning Parijliklar bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilning yoziga qadar etib belgilangan.
Qayd etish lozim, braziliyalik favorit ushbu mavsumda 20 ta o'yinda 13 ta gol urgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90902 | Инструменты