Huawei 1
Kartoshka yetishtirish davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi

“Respublikada kartoshka yetishtirishni ko‘paytirish va urug‘chiligini yana-da rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (269-son, 08.09.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, respublikada kartoshka yetishtirishni ko‘paytirish va urug‘chiligini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:

- 2028 yildan har yili unuvchanlik darajasi 85% dan past bo‘lmagan kamida 10 mln dona kartoshkaning mini-tuganaklarini yetkazib berish;

- 2030 yilga borib respublikada kartoshkaning o‘rtacha hosildorligini 16–17 tonnadan 25–30 tonnaga oshirish.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi har yili 1 dekabrgacha keyingi yilda yetishtiriladigan kartoshkaning “in-vitro” o‘simliklari, mikro va mini-tuganaklarining hajmlari bo‘yicha ilmiy muassasalar va tadbirkorlarga buyurtma beradi.

2026 yil 1 yanvardan Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan tijorat banklari orqali kartoshka yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun hosil qiymatining 50% igacha yillik 12% stavkada 6 oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatga sug‘urta polisi asosida kreditlar ajratiladi.

Shuningdek, 2026 yil 1 yanvardan kartoshka yetishtiruvchilar tomonidan quyosh panellari o‘rnatish xarajatlarining 50 foizigacha, biroq 50 mln so‘mdan ortiq bo‘lmagan qismi Davlat byudjetidan qoplab beriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90820 | Инструменты