7 sentabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekistonga deportatsiya reysini amalga oshirdi. Bu haqda AQShning Toshkentdagi elchixonasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu reysda AQShda qonuniy qolish huquqiga ega bo‘lmagan 39 nafar O‘zbekiston fuqarosi qaytarilgan.
«Ushbu parvoz AQSh o‘z chegaralarini mustahkamlash bo‘yicha olib borayotgan davomli harakatlar tizimining navbatdagi qismi hisoblanadi. AQSh noqonuniy immigratsiyaga barham berish, mamlakat chegaralari va fuqarolarini himoya qilishga qat’iy bel bog‘lagan. AQShga noqonuniy kirib kelganlar qamaladi va deportatsiya qilinadi», deyiladi xabarda.
Shuningdek, AQSh O‘zbekiston hukumatiga deportatsiya jarayonlarini amalga oshirishdagi yaqin hamkorligi uchun «o‘zining chuqur minnatdorchiligini» izhor qilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90818 | Инструменты