Ertaga, Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo kubogi guruh bosqichining 3-turi doirasida turnir mezboni Saudiya Arabistoniga qarshi bahs olib boradi. Mazkur o‘yinda futbolchilarimiz toʻliq oq libosda, darvozabonimiz esa qora libosda harakatlanishi ma’lum boʻldi.
Eslatib oʻtamiz, uchrashuv 9-aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:15da Toif shahridagi “Qirol Fahd” stadionida start oladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты