Huawei 1
O‘zbekistonlik futbolchilar o‘z klublarida mamlakat kubogini qo‘lga kiritishdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari Jaloliddin Masharipov va Abbosbek Fayzullayev hamda O‘zbekiston U-23 terma jamoasi futbolchisi Umarali Rahmonaliyev o‘z klublarida mamlakat kubogini qo‘lga kiritishdi.

O‘zbekiston MTJ va Eronning “Istiqlol” jamoasi futbolchisi o‘z klubida “Malavan”ga qarshi uchrashuvda kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozondi va Eron kubogini qo‘lga kiritdi.

Yana bir MTJ futbolchisi va Moskvaning SSKA klubi aʼzosi Abbosbek Fayzullayev ham o‘zi faoliyat yuritayotgan mamlakat kubogini qo‘lga kiritdi. SSKA va “Rostov” jamoalari o‘rtasidagi final uchrashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasida SSKA raqibini 4:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va Rossiya kubogini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston U-23 terma jamoasining iqtidorli futbolchisi, Ozarbayjonning “Sabah” klubi aʼzosi Umarali Rahmonaliyev ham o‘zi faoliyat yuritayotgan mamlakat kubogini qo‘lga kiritdi. Ozarbayjon kubogi finalida Rahmonaliyev harakat qilgan “Sabah” “Qorabog‘” jamoasini 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va Ozarbayjon kubogi sohibi bo‘ldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60522 | Инструменты