6 noyabr kuni Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 4-tur doirasida O‘zbekistonning ikki jamoasi, Qarshining "Nasaf" hamda Namanganning "Navbahor" jamoasi navbatdagi tur uchrashuvlarini o‘tkazishdi.
"Nasaf" o‘z uyida BAAning "Sharja" jamoasini qabul qildi va o‘yin so‘nggida tomonlar murosa yo‘lini tanlashdi (1:1). Ushbu uchrashuvda kiritilgan gollarga Mateus Lima ("Nasaf") hamda Mussa Marega ("Sharja") mualliflik qilishdi.
Safarda Eronning "Nassaji Mazandaran" jamoasi mehmoni bo‘lgan "Navbahor" raqib darvozasini 3 marotaba ishg‘ol qildi va muhim bo‘lgan 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Mezbonlar raqib jamoa tomonidan kiritilgan gollarga 1 marotaba javob qaytardi. Ushbu o‘yinda kiritilgan gollarga "Navbahor" jamoasidan Igor Golban, Oston O‘runov (2 marotaba) hamda mezbonlar tarkibida Mohammad Reza Azadi mualliflik qilishdi.
C guruhida OKMK (0) Tehronda «Sipohon»dan (7) javobsiz 9 ta to‘p o‘tkazib yubordi va ushbu bosqichni so‘nggi pog‘onada yakunlashi ma’lum bo‘ldi. Bu o‘zbek klublari uchun turnirdagi eng yirik mag‘lubiyat bo‘ldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22303 | Инструменты