23 oktyabr O‘zbekistonning 3 ta futbol jamoasi OCHL guruh bosqichi 3-tur o‘yinlarini o‘tkazishdi.
Olmaliqning OKMK jamoasi Eronning "Sepaxon" jamoasini o‘z uyida qabul qilib, 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Namanganning "Navbahor" jamoasi esa Eronning boshqa bir jamoasi "Nassaji"ga qarshi bahs olib bordi. Murosasiz kechgan uchrashuvda namanganlik futbolchilar irodali tarzda g‘alaba qozondi (2:1) va o‘z hisobiga 3 ochkoni yozib qo‘ydi.
Qarshining "Nasaf" jamoasi o‘z uyida BAAning "Sharja" jamoasini qabul qilib, kichik 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Uchrashuvning so‘nggi daqiqasida hakam tomonidan "Sharja" darvozasi tomon belgilangan penaltini "Nasaf" futbolchisi Azizbek Amonov golga aylantira olmadi.