Ispaniya La Ligasi prezidenti Xavyer Tebas «Oltin to‘p» mukofoti bilan taqdirlash marosimini boykot qilgan Madridning “Real” klubini tanqid qildi.
«Bu klubning asosiy qadriyatlari — mag‘lub bo‘lsa ham mardligicha qolish va raqibni tabriklash edi. Menimcha, “Real” bu mentalitetni allaqachon yo‘qotib bo‘lgan. Ular marosimga borishlari va France Football shaffof tizimini shubha ostiga qo‘ymasliklari kerak edi», — dedi Tebas.
28 oktyabr kuni Ispaniya terma jamoasi va «Manchester Siti» futbolchisi Rodriga «Oltin to‘p» topshirildi. U “Real” futbolchilari Vinisius Junior, Jud Bellingem, Kilian Mbappe hamda jamoadoshi Erling Holanddan ko‘p ovoz to‘pladi.
Vinisius Junior bu galgi «Oltin to‘p» o‘ziniki bo‘lishiga qattiq ishongandi. Hatto buni nishonlashga ham ulgurdi, biroq yakunda quruq qo‘l bilan qoldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110603 | Инструменты