Huawei 1
O'zbekiston bo'ylab Futzal bo'yicha Jahon chempionati kubogi taqdimoti o'tkaziladi

Butun O'zbekiston bo'ylab Futzal bo'yicha Jahon chempionatining bosh sovrini ishtirokida "Trophy tour" tadbirlari bo'lib o'tadi.

O'zbekiston Futbol assotsiatsiyasi ma'lumotiga ko'ra, joriy yilning 10-24-avgust kunlari butun O'zbekiston bo'ylab Futzal bo'yicha Jahon chempionati kubogi taqdimoti – "Trophy tour" tadbiri o'tkaziladi.

Mamlakatimizning barcha hududlari bo'ylab o'tkaziladigan mazkur tadbirlar davomida ishqibozlar Jahon chempionatining bosh sovrini bilan suratga tushishlari, ko'ngilochar dasturlarda ishtirok etishlari hamda hamkorlar tomonidan taqdim etiladigan esdalik sovg'alarga ega bo'lishlari mumkin.

Jahon chempionati starti arafasida Mundial bosh sovrini Andijondan "yo'lga chiqadi" va butun Respublika bo'ylab "sayohat qiladi".

Tadbir O'zbekiston Futbol assotsiatsiyasi va Turizm qo'mitasi hamkorligida o'tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91010 | Инструменты