Huawei 1
Toshkentda 36 yoshli ayol poyezd urib ketishi oqibatida vafot etdi

Toshkent shahridagi temiryo‘l hududida baxtsiz hodisa yuz berdi

Ma’lum qilinishicha, 1988-yilda tug‘ilgan ayolni poyezd urib ketgan. Poyezd ayolning orqa tomonidan kelib, uni urib yuborgan.

Joriy yilning 23-avgust kuni soat 02:00 larda Salar-Nurhayot temiryo‘l bekatlari oralig‘ida fuqaroni poyezd urib ketgani aniqlangan. 

Voqea joyiga tez tibbiy yordam va ichki ishlar organlari xodimlari yetib borgan. Ayolga zudlik bilan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga olib ketilgan. 

Ayol shifoxonada jarrohlik amaliyotiga olingan. U bir necha kun davomida shifoxonada bo‘lgan, biroq ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay vafot etgan. Uning uch nafar farzandi bo‘lgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91712 | Инструменты