Huawei 1
Isroil G‘azodagi Al-Mavasi qochqinlar lageriga zarba berdi

Isroilning G‘azo sektori janubidagi Xon-Yunis hududiga uyushtirgan zarbasi oqibatida kamida 40 kishi halok bo‘ldi va 60 kishi yaralandi, deb xabar berdi BBC.

Hujum ko‘chirilganlar joylashgan Al-Mavasi chodir lagerida sodir etilgan, 15 kishi bedarak yo‘qolgan. Isroilning da’vosiga ko‘ra, hujum HAMAS jangchilarining qo‘mondonlik markaziga qaratilgan.

Zarbalar oqibatida chuqurligi 7 metrga yetgan uchta chuqurlik paydo bo‘lgan va ularda 20 dan ortiq chodir ko‘milib qolgan, deydi xayriya ko‘ngillisi Xolid Mahmud.

G‘azo fuqaro mudofaasi vakili Mahmud Bassalning so‘zlariga ko‘ra, Al-Mavasi hududida jami 200 dan ortiq chodir bo‘lgan, 20 tadan 40 tagacha chodir vayron qilingan. Lagerda yashagan falastinliklar hujum haqida oldindan ogohlantirmagan. 

Isroil armiyasi o‘z hujumini HAMAS jangchilari nishonga olingan deya oqlab, quyidagicha munosabat bildirgan.

G‘azo sektoridagi terroristik tashkilotlar Isroil davlati va armiyasiga qarshi terrorchilik faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolik va gumanitar infratuzilmani, shu jumladan belgilangan gumanitar zonani muntazam ravishda suiiste’mol qilishda davom etmoqda, deyiladi bayonotda.

O‘z navbatida, HAMAS vakillari jangchilari zarba joyida bo‘lmaganini ma’lum qildi.

Bosqinchi hokimiyatning lagerda qarshilik ko‘rsatish jangchilari bo‘lgani haqidagi iddaolari — yolg‘on, deyiladi HAMAS bayonotida.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91712 | Инструменты