Huawei 1
Sirdaryoda “Eng faol talaba” mukofoti taʼsis etildi

Sirdaryo viloyatdagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan iqtidorli, intiluvchan, jamoat ishlarida faol, o‘zining aʼlo baholari va hulqi bilan tengdoshlariga namuna bo‘lib kelayotgan talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Eng faol talaba” mukofoti taʼsis etildi. Bu haqda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan o‘tkazilgan “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirida ishtirok etgan viloyat hokimi maʼlum qildi.

Talabgorlarni tanlash va tavsiya etish ishlari jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan “ishchi guruhi” tomonidan amalga oshiriladi va yakuniy natijasi bo‘yicha viloyat hokimligiga takliflar kiritiladi. Mukofot puli bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobarigacha miqdorida etib belgilangan.

Tantanali tadbirda so‘zga chiqqan Akmaljon Maxmudaliyev professor-o‘qituvchilar va talabalarni yangi o‘quv yili bilan muborakbod etdi. Ularga omad va kuch-quvvat tiladi. Hozir bilim olishning ayni payti ekanligi, “Eng faol talaba” mukofoti talabalar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratishga xizmati qilishi bilan birga ularni yana-da ko‘proq o‘qib-o‘rganishga undashini taʼkidladi.

Tadbir davomida bir guruh faol talabalarga sertifikatlar topshirildi. Viloyat hokimi talabalikka qabul qilingan yetti yuzdan ziyod yoshlarga “Mustaqillik darsi”ni o‘tdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91712 | Инструменты