17-may kuni O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil to‘ldi. O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva shu munosabat bilan o'z rasmiy sahifasida post qoldirdi.
"Kecha O‘zbekiston Respublikasi bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil to‘ldi. Aloqalarimiz yildan-yilga jadal tus olib, turli sohalarda rivojlanib bormoqda.
Ta’kidlash joizki, Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar va bunyodkorlik jarayonlarini samarali qo‘llab-quvvatlamoqda.
Yaqin orada biz hamkorlik uchun yana bir maydon yaratishni rejalashtirmoqdamiz. Samarqand shahrida “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” birinchi rasmiy sammiti bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbir do‘stona aloqalarimizning yangi sahifasini ochishi shubhasiz", - deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51915 | Инструменты