“Pike misolida biz o'z yetakchimiz va o'zligimizni yo'qotayotgandekmiz”, — Xavi

Ispaniyaning “Barselona” klubi bosh murabbiyi Xavi faoliyatini yakunlashini e'lon qilgan Jerar Pikeni futbol tarixidagi eng kuchli himoyachilardan biri, deya atadi.

“Pike timsolida biz o'z yetakchimizni, o'zligimizni yo'qotayotgandekmiz. U bizning jamoamizda juda katta o'ringa ega edi. Jerar — U futbol tarixidagi eng yaxshi markaziy himoyachilardan biri.

Frans Bekkenbauer, Karles Puyol, Franko Barezi, Jon Terri, Rio Ferdinand... Pike ham ularning qatorida. U dunyo futboli tarixidagi eng yaxshi himoyachilardan”, — deydi “Barselona” bosh murabbiyi.

Avvalroq, kutilmaganda faoliyatini yakunlashga qaror qilgan Pikening bunga 2 ta asosiy sababi borligini aytgani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты