Portugaliya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Yevropaning boshqa bir kuchli jamoasi murabbiyiga aylandi
Polsha futbol ittifoqi prezidenti milliy jamoaning yangi murabbiyini tanishtirdi.
Sezari Kulesha ijtimoiy tarmoqda Portugaliya milliy jamoasi sobiq ustozi Fernando Santush bilan tushgan suratni joylashtirdi. Rasmiy taqdimot seshanba kuniga rejalashtirilgan.
TVP Sport xabariga koʻra, yangi murabbiyga Yevro-2024ga chiqish vazifasi qoʻyilgan.
Santush Portugaliya bilan 2016-yilgi Yevropa chempionati va 2019-yilgi Millatlar Ligasida gʻolib chiqqan. 2022-yilgi jahon chempionatida esa milliy jamoa bilan chorakfinalga yetib bordi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42313 | Инструменты