Portugaliya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi tez orada Ronaldu bilan ko‘rishadi
Portugaliya terma jamoasi yangi bosh murabbiyi Roberto Martines Saudiya Arabistonida Portugaliya terma jamoasi futbolchilari bilan koʻrishdi.
Ispaniya Superkubogida qatnashish uchun Saudiyaga kelgan jamoalar Ar Riyoddagi mehmonxonada yashashmoqda. Portugallar ustozi u yerda “Valensiya”dan Tyerri Korreyya va Andre Almeyda, “Betis”dan Rui Silva va Uilyam Karvalyu bilan uchrashdi.
Shuningdek, yangi bosh murabbiyning hozirda Saudiyaning “Al-Nassr” klubida oʻynayotgan Krishtianu Ronaldu bilan uchrashishi kutilmoqda.
Ispaniyalik mutaxassis tez orada boshqa portugaliyalik futbolchilar bilan gaplashish uchun koʻproq joylarga tashrif buyuradi. Eslatib o‘tamiz, avvalgi bosh murabbiy Fernandu Santush edi. Jamoa JCh-2022'da Marokashga imkoniyatni boy bergach, murabbiy iste'foga chiqarilgandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42119 | Инструменты