Superliganing 19-turidan o'rin olgan “Buxoro” - “Olimpik” uchrashuvida bahs bosh hakami 100-daqiqada penalti belgiladi va bu uchrashuv natijasiga ta’sir qildi.
Ushbu holat yuzasidan O‘FA futbol faoliyatini nazorat qilish maxsus inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida bosh hakam Komiljon Rasulov VAR takrorlarini ko‘rish uchun monitor oldiga kelgan vaqtida butun boshli “Buxoro” jamoasining murabbiylar shtabi hamda zaxira o‘yinchilari unga halaqit berib, turli kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqoratlagani ma’lum bo‘ldi. Shu tufayli, bosh hakam VAR monitorini ko‘rib, xato qilayotganini bilsa ham, hissiyotlarga berilib, “Buxoro” darvozasiga penalti belgilagan. Komiljon Rasulov o‘z tushuntirish xatida aybiga to‘liq iqror bo‘lib, qasddan, hissiyotlarini jilovlay olmay, noto‘g‘ri qaror chiqarganligi uchun o‘z pushaymonligini bildirib o‘tdi.
Aniqlangan holat yuzasidan keltirilgan barcha dalillarga ko‘ra, bosh hakam Komiljon Rasulov qoidalarga zid qo‘pol xatosi tufayli Hakamlar tartib-intizom kodeksining 4.3-bandiga muvofiq futbol hakamligidan umrbodga chetlatildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122707 | Инструменты