Huawei 1
Qatar jahon chempionati mezbonligini qo'lga kiritish uchun ovozlarni sotib olgani ma'lum bo'ldi

FIFA tashkilotining sobiq vitse-prezidenti Xulio Grondona Qatar mamlakatiga JCH-2022 musobaqasini o'tkazishda yordam berganligi aniqlandi.

AQShning Nyu-York shahrida ayni ish yuzasidan sud jarayoni davom etmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, Xulio Grondona qatarlik vakillardan jahon chempionatini Qatarda o'tkazish uchun 1 million dollar pora olgan. Bu haqda Janubiy Amerika futbolida korrupsiyaga qarshi kurashish kompaniyasi Torneos y Competencias sobiq rahbari Alexandro Bursako guvoh sifatida sudda ko'rsatma berdi.

Shuningdek, KONMEBOL tashkilotining sobiq rahbari Nikolas Leos va Braziliya futbol konfederatsiyasining sobiq rahbari Rikardo Teysheyra ham Qatar uchun o'z ovozini berish evaziga 1 million dollar pora olgani ma'lum qilindi. Bundan tashqari, Bursako Janubiy Amerika futbolining sobiq mulozimlari Xuan Anxel Napout, Xose Mariya Marin va Manuel Burgoga ham pora berganini ma'lum qildi.

Ma'lumot uchun, Qatardagi mundial 2022 yilning noyabr va dekabr oylarida bo'lib o'tishi kutilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90902 | Инструменты