"Qizilqum" klubiga Amin Ergashev bosh direktor etib tayinlandi

Superliga ishtirokchisi "Qizilqum" klubi rahbariyatida o‘zgarish yuz berdi.

Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, "Qizilqum" jamoasi qarorgohida yig‘ilish o‘tkazilib, unda tashkiliy masala ko‘rilgan.

"Shu paytgacha jamoa bosh direktori vazifasini bajarib kelayotgan Alisher Xoliqov o‘rniga Ergashev Amin Abdurasulovich tayinlandi. Alisher Xoliqov esa endilikda jamoaning sport direktori lavozimida ishlaydi. Shu vaqtga qadar ushbu lavozimda ishlab kelayotgan Vohid Shodiyev esa texnik direktor lavozimida faoliyat olib boradigan bo‘ldi", - deyiladi Navoiy klubi xabarida.

Ma’lumot uchun, "Qizilqum" PFK bosh direktori etib tayinlangan Amin Ergashev 1986-yil Navoiy viloyati, Karmana tumanida tug‘ilgan. U shu kungacha sportning MMA (aralash yakkakurash) turi bo‘yicha faoliyatini olib borgan. Bir nechta janglarda g‘alaba qozonib, turli kamarlarni qo‘lga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, "Qizilqum" 11 o‘yindan keyin 6 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda. "Qizilqum" bosh direktori o‘zgardi. Klubga aralash janglar yakkakurashchisi rahbar etib tayinlandi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112115 | Инструменты