Maxsus rejim doirasida qiymati kamida 50 million AQSH dollari bo‘lgan, xalqaro brendlar jalb etiladigan va investitsiyaviy hamda turistik jozibadorlikka ega loyihalar qo‘llab-quvvatlanadi.
Prezidentning 2026-yil 10-noyabrdagi PF–243-son Farmoni bilan Yangi Toshkent shahri va belgilangan hududlarda yirik shaharsozlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun "tartibga solish qumdoni" maxsus huquqiy rejimi joriy etildi.
Maxsus rejim doirasida qiymati kamida 50 million AQSH dollari bo‘lgan, xalqaro brendlar jalb etiladigan va investitsiyaviy hamda turistik jozibadorlikka ega loyihalar qo‘llab-quvvatlanadi.
Jumladan, obyektlarni ijaraga berish va sotishdan olinadigan foyda uchun 1 foiz stavkada foyda solig‘i belgilanadi. Bu imtiyoz 50 million dollarlik investitsiyada 5 yil, 100 million dollarda 10 yil, 500 million dollarda esa 15 yil amal qiladi. Shuningdek, loyiha obyektlari bo‘yicha yuridik shaxslar 20 yil davomida mol-mulk va yer solig‘idan ozod etiladi.
Mazkur mexanizm yirik xususiy investitsiyalarni jalb qilish, ma’muriy to‘siqlarni kamaytirish, zamonaviy shaharsozlik loyihalarini jadallashtirish hamda mamlakatning investitsiyaviy va turistik salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112112 | Инструменты