Toshkentda 21 ta mahalla va hududni qayta rivojlantirish bo‘yicha master-rejalar ishlab chiqiladi

Urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish respublika markazi poytaxtdagi 21 ta hududning master-rejalarini tayyorlovchi loyiha tashkilotlarini aniqlash maqsadida elektron tanlov e’lon qildi.

Tanlov davlat xaridlari tartibida, ochiqlik va teng raqobat tamoyillari asosida etender.uzex.uz elektron platformasi orqali o‘tkaziladi. Unda shaharsozlik sohasida yetarli tajribaga ega bo‘lgan mahalliy va xorijiy loyiha tashkilotlari ishtirok etishi mumkin.

Master-reja ishlab chiqiladigan hududlar Toshkent shahrining 10 ta tumanida joylashgan bo‘lib, ularning umumiy maydoni 1 440,5 gektarni tashkil etadi. Poytaxt hokimligi tomonidan chegaralari tasdiqlangan ushbu yerlarda kelgusida zamonaviy turar joy majmualari, ijtimoiy soha obyektlari, maishiy xizmat ko‘rsatish va biznes markazlarini barpo etish ko‘zda tutilgan.

Loyihalar ishlab chiqiladigan manzillar ro‘yxati tumanlar kesimida quyidagicha:

- Mirobod tumani: «Abdurauf Fitrat»; «Baynalminal» va «Yangi Mirobod»; «Mingo‘rik» va «Oybek» mahallalari;
- Chilonzor tumani: «Katta Chilonzor-2», «1-Charx Komolon» mahallalari hamda Beshyog‘och bozori hududi;
- Mirzo Ulug‘bek tumani: «Navnihol»; «Oltintepa» va «Avayxon»; «Chingeldi» mahallalari;
- Yashnobod tumani: «Amir Temur», «Jarqo‘rg‘on» va «Parvoz» mahallalari;
- Bektemir tumani: «Zabardast» («Bektemir siti»); «Nurafshon» va «Mirishkor» mahallalari;
- Sergeli tumani: «Yuqori Darxon»; «So‘g‘diyona»; «Ko‘hna Qumariq», «Sultonobod», «Ziyolilar» va «Eskijaloyir» mahallalari;
- Uchtepa tumani: «Katta Cho‘ponota» mahallasi;
- Yangihayot tumani: «Gulshanobod» mahallasi;
- Olmazor tumani: «Miskin» mahallasi;
- Shayxontohur tumani: «Oqlon» va «Olim Xo‘jayev» mahallalari.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112115 | Инструменты